Respublika Gidrometeorologiya markazi 31 mart - 3 aprel kunlari boʻyicha ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, 31 martda va 2 aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 1 va 3 aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 mart-3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 31 mart-1 aprelda 3-8 daraja iliq, 2-3 aprelda 5-10 daraja iliq, kunduzi 31 martda 8-13 daraja iliq, 1 aprelda 13-18 daraja iliq, 2 aprelda 15-20 daraja iliq, 3 aprelda 13-18 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo oʻzgarib turadi, 31 mart-2 aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. 3 aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 31 martda 18-23 daraja issiq, 1 aprelda 13-18 daraja iliq, 2 aprelda 20-25 daraja issiq, 3 aprelda 15-20 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 31 mart va 2 aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. 1 aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 3 aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq, 1 aprelda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq, 2 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 3 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, 31 mart-2 aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. 3 aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mum-kin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 31 martda 20-25 daraja issiq, 1 aprelda 18-23 daraja issiq, 2 aprelda 22-27 daraja issiq, 3 aprelda 20-25 daraja issiq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 31 martda va 2 aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. 1 aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 3 aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 31 martda 15-20 daraja iliq, 1 aprelda 13-18 daraja iliq, 2-3 aprelda 17-22 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, 31 martda va 2 aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. 1 va 3 aprelda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻladi. 31 mart-1 aprelda qor koʻchishi xavfi bor. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 mart-1 aprelda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 2-3 aprelda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!