19:30 / 31.03.2019
3 636

2018 yilda Rossiyadan Oʻzbekistonga 3,96 mlrd dollar pul oʻtkazmalari yuborilgan

2018 yilda Rossiyadan Oʻzbekistonga 3,96 mlrd dollar pul oʻtkazmalari yuborilgan
2018 yilda Oʻzbekistonning transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi 5,11 milliard dollardan oshiqni tashkil etdi (2017 yilda 4,89 milliard dollar). Bu haqda Markaziy bank maʼlumotnomasida keltirilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistondan xorijiy mamlakatlarga 899,9 million dollar oʻtkazilgan (2017 yilda 724,5 million dollar).

Oʻtgan yili Oʻzbekiston MDH davlatlaridan 4,35 milliard dollar (2017 yilda 4,29 milliard dollar), shu jumladan, Rossiyadan 3,96 milliard dollar (2017 yilda 3,9 milliard dollar) va Qozogʻistondan 320 million dollarlik pul oʻtkazmalari olgan (2017 yilda 317,9 million dollar).

Oʻtgan yilda Oʻzbekistondan MDH mamlakatlariga oʻtkazilgan pul oʻtkazmalari hajmi 556,8 million dollarga yetgan (2017 yilda 470,9 million dollar). Boshqa mamlakatlarga esa 343 million dollar (2017 yilda 253,6 million dollar) yuborilgan. Oʻtgan yili jismoniy shaxslar Rossiyaga 402,2 million dollar joʻnatishgan.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2018 yilda Rossiyadan Oʻzbekistonga 3,96 mlrd dollar pul oʻtkazmalari yuborilgan