13:20 / 01.04.2019
4 269

Oʻzbekistonda yangi telekanal tashkil etish taklif etilmoqda

Oʻzbekistonda yangi telekanal tashkil etish taklif etilmoqda
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida xorijiy tillarni oʻrgatuvchi maxsus telekanalni tashkil etish haqida petitsiya paydo boʻldi.
Unda bildirilishicha, hozirgi kunga kelib davlatimizda xorijiy tillarni oʻqitish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi.

“Mening taklifim, xorijiy tillarni oʻrgatishga ixtisoslashtirilgan maxsus telekanalni ishga tushirish kerak. Chunki, xorijiy tillar, birinchi navbatda ingliz tilini oʻrganishga boʻlgan qiziqish juda yuqori. Kanal ochiladigan taqdirda, mashhur xorijlik professor-oʻqituvchilarning maʼruzalari, ingliz tili va boshqa fanlardan videodarslar, kinofilmlar (subtitles), musiqalar (lyric), har xil turdagi koʻngilochar koʻrsatuvlar, oʻzbek va jahon adabiyoti klassikalarining inglizcha talqini, xalqaro taʼlim dasturlari, innovatsiyalar va ilm-fan yutuqlari haqida maʼlumotlar telekanal dasturlaridan oʻrin oladi”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Qayd etilishicha, mazkur telekanalni onlayn kanal shaklida ochish ham mumkin, keyinchalik raqamli televideniye tarzida efirga uzatish maqsadga muvofiq. Telekanal koʻrsatuvlarini sifatli, mazmunli tayyorlanishi va moliyaviy masalalarni hal etilishida poytaxtdagi xalqaro oliy taʼlim muassasalari, xorijiy tillarni oʻrgatuvchi vakolatxonalarning ofislari, xususiy oʻquv markazlari bilan oʻzaro kelishuv va davlat-xususiy sherikchilik asosida hamkorlik qilish mumkin.

“Mazkur taklif koʻrib chiqilib, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan amalga oshirilsa, xorijiy tillarni oʻrgatish sohasida oʻziga xos qadam boʻlar edi”, - deyiladi petitsiyada.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonda yangi telekanal tashkil etish taklif etilmoqda