16:30 / 01.04.2019
3 662

Oʻzbekiston qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar importi uchun xarajatlarni oshirdi

Oʻzbekiston qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar importi uchun xarajatlarni oshirdi
Foto: uz24.uz
Oʻzbekiston qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar importini oshirdi, bundan Markaziy bank hisoboti darak beryapti.

2018 yilda mamlakatda 0,7 million dollarlik qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar, ularning qismlarini sotib oldi. Shu bilan birga, oʻtgan ikki yilda bu maqsadga 0,3 million dollardan sarflangandi. Bu Markaziy bank tomonidan koʻrib chiqilayotgan, eksport qilinmaydigan kam sonli tovarlardan biridir.

Shuningdek, 2018 yilda Oʻzbekiston sanʼat asarlari va antikvarlar buyumlarini 0,1 mln dollarga import qildi, 2016 hamda 2017 yillarda esa bu koʻrsatkich 0,0 mln dollarni tashkil etgan.

Qimmatbaho boʻlmagan metallar va ulardan mahsulotlar importiga koʻproq mablagʻ sarflandi. Agar 2016 yilda bunga 1,2 milliard dollar ketgan boʻlsa, 2017 yilda - 1,7 milliard dollar, 2018 yilda esa - 2,4 milliard dollar.

Qimmatbaho metallar va toshlar importi keskin oshdi - 2016 yilda bunga faqat 0,4 million dollar sarflangan boʻlsa, 2018 yilda - 40,7 million dollar.

Bundan oldin, 2018 yilda investorlar Oʻzbekistondan 1,194 mlrd dollar olib chiqib ketgani xabar qilingandi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekiston qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar importi uchun xarajatlarni oshirdi