2 aprel kuni Oʻzbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

  • 01 aprel 2019, 16:11
  • 1 423
  • O‘zbekiston
  • 2 aprel kuni Oʻzbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?
    Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 2 aprel kuni Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja iliq, kunduzi 23-25 daraja issiq boʻladi.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq boʻladi.

    Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq boʻladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq boʻladi.

    Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.

    Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

    Фикрлар

    » » 2 aprel kuni Oʻzbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?