00:02 / 02.04.2019
6 032

Hukumatning majburiy texnik koʻrik boʻyicha qarori qabul qilindi

Hukumatning majburiy texnik koʻrik boʻyicha qarori qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini majburiy tarzda texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan majburiy texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining hisobini yuritish, ularning holatini aniqlash, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlinadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

a) oxirgi 3 yil davomida majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan avtomototransport vositalarining yalpi xatlovdan oʻtkazilishini uch oy muddatda taʼminlaydi;

b) tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilgan avtomototransport vositalarining yagona elektron bazasini 2019 yil 1 iyunga qadar shakllantiradi;

belgilangan muddatda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan avtomototransport vositalarini boshqarganlik holatlarini “Maʼmuriy amaliyot" kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimida avtomatlashtirilgan tarzda qayd etish mexanizmini 2019 yil 1 iyulga qadar amaliyotga joriy qiladi;

Nizomga koʻra, u yuridik shaxslarning foydalanishga yaroqsiz, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlinadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish uchun tatbiq etilmaydi.

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan avtomototransport vositalariga tatbiq etilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hukumatning majburiy texnik koʻrik boʻyicha qarori qabul qilindi