09:58 / 02.04.2019
4 248

Oʻzbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

Oʻzbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?
2 aprelda respublikaning shimoliy tumanlariga Kaspiy dengizidan Turkmaniston orqali nam va deyarli iliq havo massalari kirib keladi, buning natijasida Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

FVV xabariga koʻra, Oʻzbekistonning qolgan hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati 20-25 daraja issiqqacha koʻtariladi.

3 aprelda respublikaning qolgan hududlariga beqaror ob-havo tarqaladi, Oʻzbekistonda yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliqni tashkil etadi.

1-3 aprelda shamol tezligining 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

4 aprelda respublika boʻyicha yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi saqlanib turadi, faqat Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 7-12 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq atrofida boʻladi.

5 aprelda respublika boʻyicha yomgʻir asta-sekin kuchsizlanadi. Oʻzbekistonda havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

6 aprelga yogʻingarchiliksiz ob-havo oʻrnashadi. Havo harorati kechasi 7-12 daraja, kunduzi 17-22 daraja atrofida boʻlishi saqlanib turadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?