00:30 / 05.04.2019
3 202

BMT minbarida O‘zbekiston vakili nutq so‘zladi

BMT minbarida O‘zbekiston vakili nutq so‘zladi
AQShning Nyu-York shahrida 1 aprel kuni ish boshlagan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik va taraqqiyot komissiyasining 52-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining direktor o‘rinbosari Dilbar Alimjonova ishtirok etib, nutq so‘zladi.

U o‘z nutqida O‘zbekistonda oilaviy muammolarga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilayotgani, bu masalada xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘plab loyihalar amalga oshirilib kelinayotgani, natijada mamlakatda oilaviy muammolar kamayib borayotganini bayon qildi. Shuningdek, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar haqida ham so‘zlab berdi.

U sessiya ishtirokchilarini 2017 — 2021 yillarga O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tarkibiga kiritilgan rejalar va ularning jadal suratlarda amalga oshirilish jarayoni bilan tanishtirdi.

— Harakatlar strategiyasi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oila institutini yanada mustahkamlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya qilish sohalarida katta islohotlar amalga oshirilyapti. Va har yili bu sohalarga Davlat byudjetining yarmidan ko‘pi sarflanadi.

Respublikada oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi tasdiqlandi. Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, oliy ta’limdan foydalanish kengaymoqda. Shoshilinch akusherlik xizmatlari yaratilishi hisobiga onalar o‘limi 1990 yilga nisbatan 55 foizga kamaydi. Aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar, o‘smirlar sog‘lig‘ini saqlash, shuningdek, tug‘ma irsiy kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda o‘smir qizlar va tug‘ish yoshidagi ayollar uchun maslahatxonalar tashkil etilgan. Bu esa turmush farovonligini oshirishga katta xizmat qilyapti, — deydi Dilbar Alimjonova o‘z nutqida.

Manba: "Xalq so‘zi"

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » BMT minbarida O‘zbekiston vakili nutq so‘zladi