10:37 / 05.04.2019
3 468

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi
Respublika Gidrometeorologiya markazi 6 - 9 aprel kunlari bo‘yicha ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-7 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6 aprelda 5-10 daraja, 7-9 aprelda 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, 6-8 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 6 aprelda 23-28 daraja, 7-9 aprelda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 6-8 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 6 va 9 aprelda 17-22 daraja iliq, 7-8 aprelda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 6-8 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 6 aprelda 23-28 daraja issiq bo‘ladi, 7-9 aprelda 18-23 daraja issiqqacha asta-sekin pasayadi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 6-8 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 6 aprelda 25-30 daraja, 7 aprelda 27-32 daraja issiq bo‘ladi, 8-9 aprelda 20-25 daraja issiqqacha pasayadi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 6 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 7-9 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, 7 aprelda 7-12 daraja, kunduzi 6 aprelda 15-20 daraja iliq bo‘ladi, 7-9 aprelda 20-25 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 6 va 9 aprelda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, 7-8 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 6-8 aprelda qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-7 aprelda 0-5 daraja, 8-9 aprelda 3-8 daraja, kunduzi 6-8 aprelda 13-18 daraja, 9 aprelda 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi