20:02 / 05.04.2019
3 985

Hukumatning sog‘liqni saqlash tizimiga oid yangi qarori qabul qilinadi

Hukumatning sog‘liqni saqlash tizimiga oid yangi qarori qabul qilinadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida markazlashgan sterilizatsiya xizmatlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirliklarining Toshkent shahrining Olmazor, Shayxontohur va Yunusobod tumanlarida joylashgan davlat tibbiyot tashkilotlarining sterilizatsiya xizmatlarini tajriba tariqasida autsorsingga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik bildirilishi mumkin.

Davlat tibbiyot tashkilotlarining sterilizatsiya xizmatlarini autsorsingga o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonuniga asosan amalga oshirilishi belgilab qo‘yiladi.

Davlat tibbiyot tashkiloti va xususiy tadbirkorlik sub’ekti o‘rtasida tuziladigan sterilizatsiya xizmatlari bo‘yicha autsorsing shartnomasining namunaviy shakli tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
  • davlat tibbiyot tashkilotlarining ayrim funksiyalari yoki xizmatlarini autsorsingga o‘tkazishni amalga oshirish maqsadida davlat tibbiyot tashkilotining xarajatlar smetasida autsorsing xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlarni alohida modda bilan hisobga oladi;
  • autsorsing xizmatlari uchun to‘lovlar davlat tibbiyot tashkilotining xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag‘lari doirasida xususiy tadbirkorlik sub’ektining barcha xarajatlarini (soliqlar, xodimlar ish haqi, transport xarajatlari, uskunalarning ekspluatatsiya va ta’mirlash xarajatlari va boshqalar) o‘z ichiga oluvchi 20 foizgacha ustama ko‘zda tutilgan holda amalga oshiriladi;
  • Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda, tibbiyot tashkilotlari ayrim funksiyalari yoki xizmatlarini autsorsing asosda joriy etilishi munosabati bilan shtat birliklarini qayta ko‘rib chiqib, qisqartirish va ushbu bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni optimallashtirish choralarini ko‘radi;
  • autsorsing tizimiga o‘tish munosabati bilan tejalgan mablag‘larni tegishli autsorsing xizmatlarini yaxshilashga yo‘naltiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
  • sterilizatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha texnik talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
  • tibbiy buyum va uskunalar sterilizatsiyasini litsenziyalanadigan mustaqil tibbiy faoliyat turi sifatida tibbiy ixtisoslashuv shakllari nomenklaturasiga kiritadi;
  • tibbiy buyum va uskunalar sterilizatsiyasi faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarni tasdiqlaydi;
  • mustaqil tibbiy faoliyat turi sifatida tashkil etiladigan tibbiy buyum va uskunalar sterilizatsiyasi uchun tegishli sanitariya qoidalari va normalarini ishlab chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hukumatning sog‘liqni saqlash tizimiga oid yangi qarori qabul qilinadi