Gidrometeorologiya xizmati markazi 9-12 aprel kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9 aprelda 7-12, 10-12 aprel kunlari 5-10 daraja iliq, kunduzi 9-10 aprel kunlari 15-20, 11 aprel kuni 17-22 daraja iliq, 12 aprel kuni 20-25 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, 9 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 10-12 aprel kunlari esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 aprelda uning tezligi ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 aprelda kechasi 10-15, kunduzi 17-22, 10 -11 aprel kunlarida kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 12 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 9-11 aprel kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 12 aprelda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 aprelda kechasi 10-15, kunduzi 17-22, 10 aprelda kechasi 7-12, kunduzi 17-22, 11 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 12 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 9-10 aprel kunlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 11-12 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 aprelda kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 10 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 11 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq, 12 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 9 va 12 aprel kunlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 10-11 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 9 va 12 aprel kunlari 20-25 daraja issiq, 10-11 aprelda 18-23 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 9-10 aprelda ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi. Ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-10 aprelda 5-10, 11-12 aprelda 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi