13:30 / 08.04.2019
3 468

O‘zbekistonda jarimalar miqdori to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi, qonunchilikda o‘zgarish bo‘ladi

O‘zbekistonda jarimalar miqdori to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi, qonunchilikda o‘zgarish bo‘ladi
Hukumat tuzilmasiga kiruvchi idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlarini yanada ixchamlashtirish va faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi loyihasiga ko‘ra, jarima jazosi bo‘yicha jazoning turini belgilovchi ma’muriy va jinoyat qonunchiligi qayta ko‘rib chiqiladi.

Bunda quyidagilar inobatga olinadi:
  • xalqaro tajribani hisobga olgan holda jarimaning miqdorlarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish;
  • jarima jazosiga mutanosib bo‘lgan va ijtimoiy qilmish sodir etgan shaxslarni axloqan tuzalishiga olib keluvchi xalqaro tajribadan o‘tgan jazo turlarini qonun hujjatlariga kiritish va ularni amaliyotga tatbiq etish;
  • yuridik shaxslarning javobgarligini qonunchilikka kiritish;
  • jazo turlarini va ularning miqdorlarini qonun hujjatlarida har bir ijtimoiy qilmish sodir etganligi holati bo‘yicha alohida-alohida belgilash;
  • jarimani aniqlashning hozirgi kundagi eng kam oylik ish haqiga bog‘liq tartibotni rivojlantirgan holda, qilmish tufayli kelib chiqqan zararga jarimaning mutanosibligini bog‘lash.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqiladi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.
Bajarish muddati - 2019 yil 1 iyun, mas’ul ijrochilar - Oliy sud, Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda jarimalar miqdori to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi, qonunchilikda o‘zgarish bo‘ladi