18:16 / 08.04.2019
4 410

Vazirlar Mahkamasining DXXga aloqador yangi qarori qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasining DXXga aloqador yangi qarori qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va bo‘linmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining ovqatlanishini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 26 apreldagi 302-son qarorida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bo‘linmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va bo‘linmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisiga quyidagi huquqlar berildi:

oziq-ovqat mahsulotlarining zarur bo‘lgan zaxiralarini saqlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va bo‘linmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini ta’minlash uchun autsorserlarga haqiqiy xarid narxlarida transport xarajatlarini qoplashni hisobga olgan holda, yangilash tartibida realizatsiya qilish;

shaxsiy tarkibning uzluksiz ovqatlanishini (jumladan, doimiy joylashuv punktida, dala sharoitida, tabiiy va boshqa xarakterdagi favqulodda holatlar yuzaga kelganda, shuningdek, boshqa holatlarda) tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va bo‘linmalari shtatida tegishli lavozimlarni saqlab turish;

favqulodda va boshqa vaziyatlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va bo‘linmalari shaxsiy tarkibini ovqatlanishini tashkil etish uchun muqobil shtat lavozimlarini nazarda tutish va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bo‘linmalari va organlari shtatiga kiritish;

shaxsiy tarkibni issiq ovqat ta’minotiga kiritgan holda, uning ovqatlanishini tashkil etadigan autsorserlar tomonidan savdo ustamasining yuqori - 20 foiz darajasiga rioya qilish sharti bilan ular uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shartlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining toifalangan harbiy ob’ektlari hududida shaxsiy tarkibni issiq ovqat ta’minotiga kiritmagan holda, shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil qiladigan tadbirkorlik sub’ektlariga oshxona uchun bino va uskunalarni taqdim etish, shuningdek, ularning kommunal to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarini to‘lab berish;

Davlat xavfsizlik xizmatining shaxsiy tarkib ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish tizimiga o‘tadigan organlari va bo‘linmalarini belgilash.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga:

autsorserlar tanlovini o‘tkazishni, bunda umumiy ovqatlanish sohasida katga tajribaga, yetarli moliyaviy, moddiy-texnika va logistika bazasiga ega, o‘z tashabbusi bilan oshxonalar sharoitini yaxshilashga tayyor bo‘lgan talabgorlarga ustunlik berish;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining organlari va bo‘linmalariga belgilangan tartibda shartnomalar tuzish uchun autsorserlarni tanlash bo‘yicha bayonnoma qarorlarini o‘z vaqtida taqdim etishni;

autsorserlarga oziq-ovqat mahsulotlarini fermer xo‘jaliklaridan va boshqa ulgurji savdo vakillaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotib olishda har tomonlama ko‘maklashishni ta’minlaydi.

Autsorserlar tanlovini sifatli o‘tkazish bo‘yicha javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklandi.

«O‘zbekoziqovqatzaxira» uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasiga har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati buyurtmanomalariga muvofiq asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, sabzavotlar va boshqa oziq ovqat mahsulotlari turlarini tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va bo‘linmalari ehtiyojini hisobga oladi va ularni autsorserlarga issiq ovqat ta’minotida bo‘lgan shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish uchun realizatsiya qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari va bo‘linmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, xizmat organlari va bo‘linmalari shaxsiy tarkibini oziq-ovqat ta’minoti oziq-ovqat yo‘nalishi tomonidan autsorsing shartlarida tashqi umumiy ovqatlanish korxonalarini jalb etish orqali ta’minlanadi.

Autsorserlarni jalb etish orqali Xizmat organlari va bo‘linmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish uchun pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va talab qilish rejalashtirilgan yilda ovqatlanuvchilar soni, me’yorlar va oziq-ovqat mahsulotlari narxidan kelib chiqqan holda tuziladigan hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi.

Autsorserlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan talabgorlarni o‘rganish hamda eng yaxshi takliflarni tanlash orqali tanlab olinadi. Bunda umumiy ovqatlanish sohasida katga ish tajribasiga, tegishli moliyaviy, moddiy-texnika va logistika bazasiga ega, oshxonalarning holatini yaxshilashga tayyor bo‘lgan talabgorlarga ustunlik beriladi.

Autsorserlarni tanlab olish natijalari bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan Xizmat organlari va bo‘linmalari bilan keltirilgan namunaviy shakl bo‘yicha belgilangan tartibda shartnoma tuzish uchun bir kun muddatda Xizmat organlari va bo‘linmalariga yuboriladi.

Autsorserlarni jalb etgan holda, shaxsiy tarkibning statsionar va dala sharoitlarida ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha shartnomalar bir kalendar yil uchun tuziladi.

Shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha hisob-kitoblar shartnoma shartlariga muvofiq amalda ko‘rsatilgan xizmatlar va taomnoma bo‘yicha tayyorlangan taomlar asosida amalga oshiriladi.

Tegishli oy uchun umumiy summaning 15 foizi miqdoridagi oldindan to‘lov boshlangan oyning dastlabki 10 bank kuni davomida xizmatlar ko‘rsatish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Summaning qolgan qismi amalda ko‘rsatilgan xizmatlar asosida shartnoma shartlariga ko‘ra to‘lanadi.

Shartnoma summasi tuziladigan shartnomaning ajralmas qismi bo‘lgan umumqo‘shin payogining hisob-kitobiga asosan aniqlanadi va unda umumiy ovqatlanuvchilar soni, oziq-ovqat payoklarining normasi, bir ovqatlanuvchi uchun oziq-ovqat narxi va umumiy qiymat oylarga bo‘lingan holda ko‘rsatiladi.

Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining bozordagi o‘rtacha ko‘rsatkichlari tegishli hududda yuzaga kelgan narxlar darajasini har oy o‘rganish orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.

Oziq-ovqat mahsulotlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bayonnomalarida belgilangan narxlari ular tasdiqlangandan keyingi kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Agar oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi bozor narxlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bayonnoma qarorida belgilangan narxlardan baland bo‘lsa, Xizmatning organi yoki bo‘linmasi rahbari autsorser bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun tegishli hududdagi amaldagi narxlarni o‘rganib chiqish dalolatnomasi ilova qilingan takliflarni belgilangan tartibda yuboradi.

Bayonnoma qarorlarning to‘g‘ri tuzilishi uchun javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklanadi.

Xizmat shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etishda autsorserlarga davlat strategik zaxirasidan olingan oziq-ovqat mahsulotlarini hamda Xizmat organlari va bo‘linmalarining yordamchi xo‘jaliklarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash asosida berishga yoki realizatsiya qilishga ruxsat beriladi.

Autsorserlarga beriladigan yoki realizatsiya qilinadigan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxi transport xarajatlarini qoplashni hisobga olgan holda amalda sotib olingan narx asosida belgilanadi.

Autsorser har oyning 5-sanasiga qadar Xizmat organiga (bo‘limiga) o‘tgan oyda amalda ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob-fakturani o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun taqdim etadi. Ko‘rsatilgan xizmatlar narxi oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi xarid narxidan kelib chiqqan holda (bo‘linmalar joylashgan joydagi o‘rtacha bozor narxidan yuqori bo‘lmagan darajada) va autsorserning barcha xarajatlarini, shu jumladan xodimlar ish haqi, soliqlar, transport xarajatlari va boshqalarni o‘z ichiga olgan 20 foizgacha ustama haqi hisobga olingan ravishda belgilanadi.

Xizmat organlari va bo‘linmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish uchun autsorserlarni tanlash va autsorser hamda Xizmat organi (bo‘linmasi) o‘rtasidagi hisob-kitoblar muvofiq sxemalar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Shaxsiy tarkibning ovqatlanish rejimini ishlab chiqish autsorserlar bilan kelishilgan holda Xizmat organi va bo‘linmasi boshlig‘iga, uning tegishli o‘rinbosariga, Xizmat organi va bo‘linmasi tibbiyot va oziq-ovqat yo‘nalishlari boshliqlariga yuklanadi.

Taomlar tarqatilishidan oldin Xizmat organi va bo‘linmasi vrachi (feldsher) organ va bo‘linma navbatchisi bilan birgalikda taomlar sifatini tatib ko‘rish orqali tekshiradilar, shuningdek, oshxona xonalari, oshxona idish-tovoqlari, inventarlarning sanitar holatini nazorat qiladilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Vazirlar Mahkamasining DXXga aloqador yangi qarori qabul qilindi