22:53 / 13.04.2019
5 314

Chingiz Aytmatov Islom Karimov haqida nima degandi?

Chingiz Aytmatov Islom Karimov haqida nima degandi?
Foto: Facebook/Karimov Foundation
Karimov Fondi O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti haqida avval ko‘pchilik bilmagan ma’lumotlarni e’lon qilib kelmoqda.
Kuni kecha Fond Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatovning Islom Karimov haqida aytgan so‘zlarini e’lon qildi.

«O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovdek kishi haqida davrdan, boshqacha aytganda, hozirgi zamon manzarasini tashkil etib turgan dolzarb muammolar va bo‘hronli holatlardan ayri holda fikr yuritib bo‘lmaydi.

...Islom Karimov mana shu ekstremal davrning yetakchisi. Uning tutgan o‘rni ham, u orttirgan tajribaning qimmatliligi ham mana shunda. «Qayta qurish»dan keyingi davrda yuzaga kelgan notinch, olag‘ovur zamonda u O‘zbekiston jamiyatida barqarorlik va ishonch muhitini paydo qila oldi, xalqi oldiga millatning o‘zligi va qadr-qimmatini anglatishga undovchi ulkan maqsad va vazifalar qo‘ya bildi», - degan Chingiz Aytmatov.

Bundan oldin, Islom Karimovning sevimli asarlari ro‘yxati taqdim etilgandi. Unda Chingiz Aytmatov qalamiga mansub «Kassandra tamg‘asi», «Asrga tatigulik kun», «Qiyomat», «Oq kema» va boshqalar asarlar bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Chingiz Aytmatov Islom Karimov haqida nima degandi?