15:42 / 14.04.2019
3 579

To‘rtinchi Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti Toshkentga olib kelindi (foto)

To‘rtinchi Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti Toshkentga olib kelindi (foto)
O‘zbekiston havo yo‘llari buyurtmasiga asosan tayyorlangan to‘rtinchi Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti Toshkentga olib kelindi, deb xabar qilmoqda MAK matbuot xizmati.

“13 aprel kuni O‘zbekiston havo yo‘llarining samolyotlar parki to‘rtinchi yangi avlod layneri Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti bilan to‘ldirildi. Samolyot - aviaparkni yangilash sarmoya dasturi doirasida, parvozlar xavfsizligini va raqobatdoshligini ta’minlash maqsadida sotib olindi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston havo yo‘llari 2008 yilda Boeing korporatsiyasidan 2ta Boeing 787 Dreamliner samolyotini sotib olish haqida qiymati 250 million dollar bo‘lgan shartnoma imzolagan edi. Samolyotlar 2016 yilning ikkinchi yarmida yetkazib berilgan edi.

2018 yilning yanvar oyida MAK Boeingdan yana 4ta Dreamliner sotib olish haqida shartnoma imzoladi. Shartnoma miqdori e’lon qilinmagan. SAmolyotlar 2021 yilga qadar yetkazib berilishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » To‘rtinchi Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti Toshkentga olib kelindi (foto)