16:06 / 14.04.2019
2 793

Finlyandiya Toshkentda chiqindilarni qayta ishlash va lok-bo‘yoq ishlab chiqarishni boshlamoqchi

Finlyandiya Toshkentda chiqindilarni qayta ishlash va lok-bo‘yoq ishlab chiqarishni boshlamoqchi
Toshkent shahar hokimligida Finlyandiyaning Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibining o‘rinbosari Mark Keynyanen boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasidagi o‘zaro siyosiy va iqtisodiy munosabatlarga oid masalalar muhokama etildi.

Toshkentda Finlyandiyaning konsulligi ochilganligi o‘zaro aloqalar rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘lishi ta’kidlandi.

Delegatsiya a’zolari o‘z o‘rnida O‘zbekistonda bir qator davlatlar fuqarolariga 30 kungacha viza olish bekor qilinganini turizmni rivojlantirishda muhim qadam deya ta’kidlashdi.

O‘zaro muloqot davomida savdo-iqtisodiy va turizm sohasidagi munosabatlarning istiqbollari ko‘rib chiqildi. Xususan, Toshkentda ham Finlyandiya tajribasi asosidagi chiqindilarni qayta ishlash korxonasini tashkil etish, lok-bo‘yoq ishlab chiqarish hamda turli sohalar ishiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishida hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Finlyandiya Toshkentda chiqindilarni qayta ishlash va lok-bo‘yoq ishlab chiqarishni boshlamoqchi