Qozog‘iston prezidenti Toshkentga yetib keldi (foto)

  • 14 aprel 2019, 19:54
  • 977
  • O‘zbekiston
  • Qozog‘iston prezidenti Toshkentga yetib keldi (foto)
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 14 aprel kuni davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Ma’lum qilinishicha, davlat tashrifining asosiy tadbirlari 15 aprel kuni Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tadi. Tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinishi, qator muhim ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

    Prezidentlar O‘zbekistonda Qozog‘iston yilining rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etadi.

    Mustaqil Qozog‘iston tarixida ilk marta prezident o‘zgarib, Nazarboyev iste’fosidan so‘ng, Toqayev mamlakat rahbari lavozimiga kirishgan. Faoliyatining ilk haftasidayoq Toqayev Qozog‘iston poytaxti nomini o‘zgartirishni taklif etdi va parlament buni tasdiqladi.

    Uning ilk davlat tashrifi Rossiya Federatsiyasiga, shundan so‘ng O‘zbekistonga amalga oshirildi.

    » » Qozog‘iston prezidenti Toshkentga yetib keldi (foto)