21:14 / 14.04.2019
3 983

O‘zbekistonda kelgusi hafta boshida yog‘ingarchilik kutiladi

O‘zbekistonda kelgusi hafta boshida yog‘ingarchilik kutiladi
«O‘zgidromet» 14—17 aprel kunlari uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15, kunduzi 14—16 aprelda 20-25, 17 aprelda 23—28 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 14 va 17 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 15-16 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-16 aprelda kechasi 12-17, kunduzi 17-22, 17 aprelda kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 14 va 17 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 15-16 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 aprelda kechasi 10-15, kunduzi 22-27; 15-16 aprelda kechasi 12-17, kunduzi 17-22; 17 aprelda kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 14 va 17 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 15-16 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14 aprelda 12-17, 15-17 aprelda 13-18, kunduzi 14 aprelda 25-30, 15-16 aprelda 20-25, 17 aprelda 23-28 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15, 16 aprelda 12-17, kunduzi 14-15 aprelda 22-27, 16-17 aprelda 17-22 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 14 va 17 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 15-16 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 iliq, kunduzi 14 aprelda 13-18 iliq, 15-17 aprelda 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda kelgusi hafta boshida yog‘ingarchilik kutiladi