Ko‘ksaroyda Qozog‘iston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tmoqda (video)

  • 15 aprel 2019, 12:35
  • 505
  • O‘zbekiston
  • Ko‘ksaroyda Qozog‘iston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tmoqda (video)
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 14 aprel kuni davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi.

    Ko‘ksaroy qarorgohida Qozog‘iston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev shohsupaga ko‘tarildilar. Har ikki davlat madhiyasi yangradi.

    Tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinishi, qator muhim ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
    Қозоғистон Республикаси Президентини расмий кутиб олиш маросими

    Қозоғистон Республикаси Президентини расмий кутиб олиш маросими

    Опубликовано Шавкат Мирзиёев - Shavkat Mirziyoyev Воскресенье, 14 апреля 2019 г.

    » » Ko‘ksaroyda Qozog‘iston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tmoqda (video)