17:53 / 15.04.2019
4 436

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?
Gidrometeorologiya xizmati markazi 17-20 aprel kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 18 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 aprelda ba’zi joylar-da 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq, 18 aprelda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 15-20 daraja, 18-19 aprelda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, 17 va 20 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 18 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 19 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 21-26 daraja issiq; 18 aprelda kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq; 19 aprelda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 15-20 daraja; 20 aprelda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 17 va 20 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 18 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 19 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq; 18 aprelda kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq; 19 aprelda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 17-22 daraja; 20 aprelda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 17 va 20 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 18 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 19 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq; 18 aprelda kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq; 19 aprelda kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq; 20 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 17 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 18 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 19 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 20 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 aprelda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja; 18 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq; 19 aprelda kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq; 20 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 17-19 aprelda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 20 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 17 aprelda 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 17 aprelda 11-16 daraja, 18 aprelda 13-18 daraja iliq bo‘ladi, 19-20 aprelda 8-13 daraja iliqqacha pasayadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?