16:02 / 16.04.2019
5 807

Qashqadaryoda ustunlar ushlab turadigan, qulash xavfidagi maktab bor…

Qashqadaryoda ustunlar ushlab turadigan, qulash xavfidagi maktab bor…
Qashqadaryo viloyati Koson tumani «Bo‘lmas» qishloq fuqarolar yig‘inida joylashgan 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 3 ta o‘quv binosi mavjud bo‘lib, bugungi kunda bu o‘quv binolarida dars jarayonlarini o‘tkazish o‘ta xavfli bo‘lib qolgan.

Sababi bu o‘quv binolari 1 qavatdan iborat bo‘lib, 1932 yil, 1980 yil va 2002 yilda qurilgan va anchayin ta’mirtalab hamda «xaroba» holatga kelib qolgan.
Ayrim sinfxonalarni tom qismiga tirab qo‘yilgan ustunlar ushlab turibdi. Agarda bu ustunlar siljib ketsa, bino o‘quvchilarning ustiga qulab tushish xavfi juda yuqori.
Bu borada Koson tumani hokimi va tuman xalq ta’limi mas’ullari ham xabardor. Ammo maktab direktorining so‘zlariga ko‘ra maktabda qurilish ishlari kechiktirilmoqda.

Shunigdek, maktab foydalanishga yaroqsizligi to‘g‘risida Qashqadaryo viloyat Qurilish sohasi hududiy nazorat inspeksiyasining ham texnik xulosasi bor. Ammo muammoga yechim yo‘q.

Tez kunlarda mazkur muammolarning yechimi haqida tayyorlangan maqolani hukmingizga havola etamiz.
Dilshod NABIYeV

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qashqadaryoda ustunlar ushlab turadigan, qulash xavfidagi maktab bor…