14:17 / 17.04.2019
3 173

Shavkat Mirziyoyev Davos forumida ishtirok etish uchun taklif etildi

Shavkat Mirziyoyev Davos forumida ishtirok etish uchun taklif etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yili Shveysariyaning Davos shahrida tashkil etiladigan va shu nom bilan ataladigan xalqaro iqtisodiy forumda ishtirok etish uchun taklif etilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligining Davlat suveren, korporativ qarz majburiyatlari va davlat qarzi boshqarmasi boshlig‘i Temurmalik Narziqulovga tayanib Kun.uz nashri ma’lum qildi.

«Diqqatga sazovor Xalqaro iqtisodiy forum tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan Davos forumida ishtirok etish uchun Shavkat Mirziyoyev nomiga taklifnoma kelib tushgan. Bu O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va investitsion muhitini jahonga tanitish uchun yaxshi imkoniyat. Ayni paytda esa davlat rahbarining ishtiroki borasida yakuniy javob berilmagan. O‘ylaymanki, ushbu imkoniyatdan oqilona foydalanamiz», — deydi u.

Ma’lumot uchun, xalqaro anjuman 1971 yilda tashkil etilgan Xalqaro iqtisodiy forum nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan, 1988 yili imzolangan Davos deklaratsiyasidan so‘ng, muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Unda siyosatchi, davlat arboblari, iqtisodchi va turli sohalarning yetuk mutaxassislari global siyosatga oid mavzularda muhokamalarda ishtirok etadi. So‘nggi marta forum ishtirokchilari to‘rtinchi sanoat inqilobi mavzusida suhbatlashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Davos forumida ishtirok etish uchun taklif etildi