11:13 / 18.04.2019
2 819

Mun Chje In O‘zbekistonning «Yangi shimol siyosati»dagi o‘rni haqida gapirdi

Mun Chje In O‘zbekistonning «Yangi shimol siyosati»dagi o‘rni haqida gapirdi
Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi arafasida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA, «Xalq so‘zi» va «Narodnoye slovo» gazetalariga intervyu berdi.

U O‘zbekistonning Koreya Respublikasi tomonidan amalga oshirilayotgan «Yangi shimol siyosati»dagi o‘rni va roli haqida ham gapirib o‘tdi.

«O‘zbekiston Sharq va G‘arb o‘rtasidagi aloqalar markazi hisoblanadi. O‘zbekiston tarixi matematika, tibbiyot va astronomiya fanlariga asos solgan Al Xorazmiy, Ibn Sino va Ulug‘bek kabi buyuk mutafakkirlar nomi bilan bog‘liq ekani bejiz emas. O‘zbekiston turli muloqotlar vositasida tamaddunlar rivojiga xizmat qilgan, bugun esa, ana shu vosita yordamida innovatsiya va taraqqiyotga erishmoqchi.

Koreya Respublikasi ham, o‘z navbatida, almashinuvlar tufayli taraqqiy etgan. Koreyada hozir ham qadimiy Markaziy Osiyo bilan munosabatlar izlari topilmoqda. Binobarin, biz uzoq vaqt davomida boshqa mamlakatlar bilan savdo orqali yangi madaniyat va tamaddunlardan bahramand bo‘lganmiz. Bugungi kunda ham texnologiyalar almashinuvi va savdoga asoslangan iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidan bormoqdamiz.

«Yangi shimol siyosati» Koreya yarim orolida barqaror tinchlik o‘rnatish va birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan Yevrosiyo qit’asida tinchlik va taraqqiyotga erishishga qaratilgan. Ushbu siyosat ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik doirasidan chiqqan holda Markaziy Osiyo va butun Yevrosiyoning umumiy taraqqiyotiga xizmat qiladi. «Yangi shimol siyosati»ni amalga oshirishda Yevrosiyoning muhim sheriklardan hisoblangan O‘zbekiston bilan aloqalarni mustahkamlash va Yangi Ipak yo‘li davri boshlanishiga umid qilamiz», - dedi Mun Chje In.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mun Chje In O‘zbekistonning «Yangi shimol siyosati»dagi o‘rni haqida gapirdi