O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In 18 aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatga keldi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Bugun Koreya Respublikasi prezidenti O‘zbekiston bosh vaziri hamrohligida Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurib, mamlakatlar hamkorligida amalga oshirilishi rejalashtirilgan telemeditsina loyihasi taqdimoti bilan tanishadi.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlarining muzokaralari 19 aprel kuni Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tadi. Unda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Imzolash uchun salmoqli hujjatlar to‘plami tayyorlangan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida alohida strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qilish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi