08:52 / 19.04.2019
2 169

Jahon banki Namangandagi institut uchun 80 ming dollar ajratdi

Foto: Jahon banki
Namangan muhandislik-texnologiya institutining “Toʻqimachilik sanoatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun innovatsion oʻquv markazini yaratish” loyihasi Jahon banki tomonidan 80 ming AQSH dollari miqdoridagi mablagʻ bilan moliyalashtirildi. Bu haqda “Daryo” maʼlum qildi.

Loyiha davomida taʼlim-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada yaxshilash, sohaga malakali mutaxassis kadrlar yetkazib berish, texnik sohalar uchun oʻqitishning innovatsion yondashuv usullarini joriy etish, professor-oʻqituvchilarni ilgʻor texnologiyalar joriy etilgan korxonalarda stajirovka oʻtashi kabi ishlar amalga oshiriladi.

—2019—2020 yillarda bajarilishi rejalashtirilgan bu loyihaning ilk bosqichida dunyoning eng yaxshi mingtalik reytingiga kiruvchi texnik OTMlarning meʼyoriy hujjatlari va oʻquv bazasini oʻrganish asosida oʻqitishning innnovatsion usullarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlanadi, — deydi institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, texnika fanlari nomzodi Avazbek Obidov. — Bundan tashqari, Shveysariyaning Rieter toʻqimachilik mashinasozligi kompaniyasining yetakchi mutaxassislari tomonidan mamlakatdagi toʻqimachilik korxonalariga oʻrnatilayotgan zamonaviy texnika va texnologiyadan unumli foydalanish boʻyicha professor-oʻqituvchilarni oʻqitish ishlari amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Jahon banki Namangandagi institut uchun 80 ming dollar ajratdi