09:09 / 19.04.2019
3 694

Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?

Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?
Respublika Gidrometeorologiya markazi 20 - 23 aprel kunlari bo‘yicha ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 20 va 22 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 21 va 23 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-21 aprelda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja, 22-23 aprelda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, 20 va 22 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 21 va 23 aprelda yomg‘ir yog‘adi, 21 aprelda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 20 aprelda kechasi va kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 21 va 23 aprelda yomg‘ir yog‘adi, 21 aprelda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 22 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 20 aprelda kechasi va kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 21 va 23 aprelda yomg‘ir yog‘adi, 21 aprelda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 22 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-21 aprelda 22-27 daraja, 22-23 aprelda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 20 aprelda kechasi va kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 21 va 23 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 22 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-21 aprelda 20-25 daraja issiq, 22-23 aprelda 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 21 aprelda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?