O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Koreya Respublikasi prezidenti Mun Je In Samarqand shahriga tashrif buyurdi.
Tashrif dasturiga muvofiq koreyalik prezident Samarqanddagi bir qator tarixiy obidalar va qadamjolarni ziyorat qilishi ko‘zda tutilgan.
«Men O‘zbekistonga kelayotganimda 1400 yil oldingi bir kunni yodga oldim. U qadimiy koreys davlati elchilari Samarqandga kelgan kundir. Otga yoki tuyaga minib dam olmasdan mashaqqat chekib kelishlariga ikki oycha vaqt ketgandir? Baland tog‘ tizmalari, adirlar va cho‘llardan o‘tib, qor va yomg‘irda qolib, ba’zida jazirama va sovuq bilan kurashib uzoq vaqt sarflagan bo‘lsalar kerak. Bugun siz azizlar kabi 1400 yil oldin O‘zbekistonning qadimiy ahli ham uzoqdan kelgan mehmonlarni iliq kutib olgan. Mustahkam do‘stlik va ishonch Afrosiyobning g‘arbiy devoridagi sur’atda o‘z aksini topgan. Garchi, Koreya va O‘zbekiston bir biridan uzoqda bo‘lsa ham qadimiy koreys davlati davridan boshlab elchilari kelib ketadigan do‘st davlatlar bo‘lgan», deya Mun Je Inning so‘zlarini keltirmoqda Samarqand viloyati hokimining telegramdagi kanali. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?