23:15 / 22.04.2019
3 193

Zafar Hoshimov monopoliya, QQS va narx-navolar, O‘zbekistonning istiqboli haqida

Zafar Hoshimov monopoliya, QQS va narx-navolar, O‘zbekistonning istiqboli haqida
Foto: Alter Ego
Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i, City Taxi taksi xizmati, RedTag liboslar magazinlari tarmog‘i, FLO poyabzal do‘konlari tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov Kirill Altmanning Alter Ego loyihasida sarmoyalash qoidalari, muvaffaqiyatsizlikka munosabati, soliq islohotlari va QQS joriy etilishi natijalari, yopiq bozordagi raqobat, yakka hokimlik, O‘zbekistonning istiqboli va boshqa ko‘p mavzular haqida so‘z yuritdi. Spot nashri suhbatning asosiy qismlaridan parchalar keltirdi.

G‘oyalarning qimmati to‘g‘risida
Ko‘pincha shunday taklif kelib tushadi: «Mening bir g‘oyam bor, ammo agar moliyalashtirishga rozi bo‘lsangiz, uni sizga aytishim mumkin yoki biz shartnoma imzolaymiz». Eshiting, men hali g‘oya nima haqda ekanini bilmayman, siz esa mendan qandaydir kommitments qilishni so‘raysiz.

«Ha, biroq men sizga o‘zimning g‘oyamni aytsam, sizga keragim bo‘lmay qolishidan qo‘rqaman, siz o‘zingiz uni amalga oshirasiz va sohibi bo‘lasiz». Men: juda yaxshi, boring, patentlashtiring, keyin keling va taklif kiriting. Himoya bor. Biroq men g‘oyangizni bilmay turib, siz bilan investitsiyalashtirish majburiyatlari to‘g‘risida hech qanaqa shartnomani imzolamayman.

G‘oyalar juda ko‘paydi, bu ularning qadrini tushiradi, biroq, bu bilan yaxshi g‘oyalarning ahamiyati yanada oshadi. Ko‘pchilik biznesni nimadan boshlash kerakligini so‘rashadi, men esa o‘ylang deyman. Menimcha, 18 millionta natija bo‘ladi. G‘oya men nimanidir ishlab chiqarishimda emas-ku, axir.
Qimmatli g‘oya buni qanday amalga oshirish kerakligidan, nima meni bu ishni qilishga urinayotganlardan oldinga olib chiqishi va uni qanday qilib sifatli va arzon qilishdan iborat bo‘ladi. Bunday g‘oyalar qimmat turadi.

Xatolar va muvaffaqiyatsizliklar to‘g‘risida
Xatolar juda ko‘p, men hatto bu haqda ma’ruza qilganman. Zafar Hoshimovning 10 ta xatosi. Yutuq va xatolar tarixi ajralmasdir. Muvaffaqiyatlar tarixi — bir qator xatolar tarixi hamdir. Ayrimlar muvaffaqiyatni odamlarning xatolarga qaramay olg‘a borishida, deb biladilar.

Odam bir faoliyatni amalga oshirarkan, xato qilmay iloji yo‘q. Bu o‘rinda so‘z siz qanday xatoga yo‘l qo‘yayotganingizda emas, balki ulardan qanday xulosa chiqarishingizda. Men o‘tmishga juda yengil munosabatda bo‘laman. Agar bir ish shunday bo‘lgan bo‘lsa, demak, taqdirda bor ekanligini tushunaman va buni keyinchalik takrorlamaslik uchun nima qilish lozimligi hamda bu saboq bo‘lishi kerakligi haqida o‘ylayman.
Menga shunday savol berishdi: sizning eng katta xatoingiz qanchalik qimmatga tushdi? Siz nimanidir yo‘qotganingizda, aslida, qancha narsani qo‘lga kiritishingiz mumkin bo‘lganini yoki ehtimol bu yo‘qotish bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha yo‘qotishlarning eng kami bo‘lganini aslida bilmaysiz.

Agar siz hozir xato deb hisoblaydigan o‘sha yo‘ldan borganingizda, ehtimol, u yerda katta tuzoq bo‘lgan bo‘lishi mumkin edi. Muvaffaqiyatsizlikka uchraganimda men ba’zan o‘zim sarflagan vaqtga achinaman.

Monopoliya (yakkahokimlik) foydali bo‘lishi mumkinmi?
Monopoliya hatto bizdan tashqari butun mamlakat uni qo‘llab-quvvatlaganda ham biznes yuritishning to‘g‘ri va yaxshi ko‘rinishi bo‘lib qolmaydi. Ko‘pchilik shunday qilishi esa buning to‘g‘ri ekanini bildirmaydi. Monopoliyaning ikkita turi bor. Masalan Google yoki Facebook monopoliyasi, hozir yuritilayotgan biznesning eng yaxshi usullarini patentlashtirgan texnologik monopoliyalar bor, biroq baribir, siz yangi g‘oyalar bilan kelishingiz va ularni chellendjit qilishingiz mumkin, siz ularni mag‘lub eta oladigan yangi salobatli ijtimoiy tarmoq yaratishingiz mumkin.

Shunday samarali monopoliyalar bor, ularda shunday narxlar o‘rnatilganki, bu raqobat muhitiga hech kim kirmaydi — ular o‘z samaradorligini yakkahokimlikka aylantirishgan, biroq bu bozor monopoliyasi hisoblanadi.
Biz yovuz Monopoliya to‘g‘risida so‘z yuritamiz, ular hamma yerda — Rossiyada ham, Qozog‘istonda ham mavjud. Yovuz yakkahokimlik — ma’muriy davlat resursidan o‘zining daromad keltiruvchi faoliyati uchun asos sifatida foydalanish demakdir.

Agar davlat qo‘llab-quvvatlamasa, monopoliya bo‘lmaydi. Agar, aytaylik, har qanday aviakompaniya bu yerga uchib kela olsa yoki joyida tashkil etilsa, bizda aviakompaniya yakkahokimligi bo‘lmagan bo‘lardi, agar, misol uchun mamlakatimiz avtosanoati uchun imtiyozlar berilmaganda, bizda bu yerda raqobat muhiti yaralgan bo‘lardi.

Bizda savdo magazinlari mudirlari bilan favqulodda Telegram-chat bor, u orqali men 50 ta magazin bilan bog‘lanib turaman va har kuni ularda nechog‘lik tez-tez elektr quvvatini uzib qo‘yishlarini ko‘raman.

Agar raqobat bo‘lganida edi — men hozirgi yetkazib beruvchilardan boshqa elektr toki beradigan provayderga o‘tib ketardim. Bu borada davlat bozorga unchalik ham ishonmaydi, deb hisoblayman. Monopoliya lobbizmi juda kuchli, bu monopoliyalarning davlat qo‘llab-quvvatlashi tufayli nihoyatda mustahkamlangan, ular davlat yordamida tashkil etilgan va davlat idoralarida ham katta ta’siriga ega.

Biznesdagi motivatsiyalar to‘g‘risida
Odam biznesga pul ishlash, farovonlikka ega bo‘lish uchun kirishadi, biroq biznes o‘z mantiqiga ko‘ra rivojlanadi va o‘z qoidalariga bo‘ysundiradi. Men uchun biznes — farzand kabidir. Farzandingiz uchun yetarlicha yaxshi sharoitlar bormi? — deb so‘rashingiz mumkin. Chamamda yo‘q, chunki, siz unga yanada ko‘proq yaxshi bo‘lishini istaysiz. Shuning uchun qanchadir vaqtdan keyin hozirgi farovonlik darajasi tushib ketadi, siz nima uchun biznes sohasida ekanligingiz haqidagi mantiq o‘zgaradi.

Men bizning biznesimiz juda kichik va yo‘lning boshida, deb hisoblayman, tin olish va xotirjam tortish uchun yetarli bo‘lgan katta yutuqqa erishdik, deb o‘ylamayman.

Ikkinchisi — biznesda, agar yodingizda bo‘lsa, «Alisa g‘aroyibotlar mamlakatida»da bir joyda turish uchun yugurish kerak, oldinga yurish uchun yanada tezroq yugurish kerakligi aytilgan. Biznesda ham xuddi shunday.
Menga, biz biznesda teskari tomonga ketayotgan eskalatorda turgandek tuyuladi, unda hech bo‘lmasa turish uchun yugurish kerak

Bu ortiqcha havas yoki azart emas, shunchaki rivojlanish istagi, men uchun kuch-quvvat borida harakat qilish, nimagadir erishish usuli.

Tadbirkorlar nega xolis va beg‘araz ekani haqida
Har bir kishining yaxshi biznesga aylantirish mumkin bo‘lgan noyob g‘oyalari bo‘ladi, shunchaki, hamma ham bu g‘oyani to‘g‘ri tushunmaydi, uni to‘g‘ri baholab, amalga oshirmaydi.

Bu narsa kishi qanday muhitga tushishiga bog‘liq. Tadbirkorlik ta’limning juda yaxshi usuli, siz saboq olishni juda tez boshlaysiz.

Menimcha, Freakonomics’da shekilli, juda qiziqarli maqola chiqqan edi, unda ko‘chada giyohvand modda sotuvchilar «Makdonalds» xodimlariga qaraganda kam daromad qilishlari muhokama qilingan. Bundagi ma’no shundaki, xodimlar iyerarxiya bo‘yicha bir kuni rahbar bo‘lishga umid qiladilar. O‘tkazilgan shunday tadqiqotlardan biriga ko‘ra, G‘arbdagi tadbirkorlar (ayrim yollanma xodimlarga nisbatan) kamroq daromad qiladilar. Aytaylik universitet bitiruvchisi o‘z biznesini boshladi yoki ishga joylashdi, ishga joylashgan shartli ravishda yiliga 50−60 ming dollar pul topadi. Uning tengdoshi [ biznesdagi] 3−5 yil kam pul ishlaydi va ko‘pincha, ya’ni 100 dan 93 ta holatda zarar ko‘radi.

Biroq tadbirkorlar jamiyatda axborotning juda muhim qismini olib yuradi, ular o‘z tajribalarida nima qilish mumkin emasligini ko‘rsatadi va tadbirkorlarning keyingi qatlami bu saboqni esdan chiqarmaydi va ilgari boradi va bozor shunday rivoj topadi. Agar yorib chiqmaganlarni hisobga olmaganda, ko‘pchilik qayd etilgan daromadga ega bo‘lgan holda bemalol ishlaydigan odamlarga nisbatan kam pul topadi.
Va siz bu haqda o‘ylay boshlaganingizda tadbirkorlar nechog‘lik fidoyi ekanliklari, sal g‘alati tuyulsa ham, beg‘araz odam ekanini tushunasiz.

Bizda tadbirkorlikning biroz noto‘g‘ri tajribasi bor, odamlar jonlandi, biroq bozor baribir kattalashgani yo‘q Tadbirkorlik shu qadar bir tomonlama rivojlangani yaxshi pul to‘lanadigan ko‘proq ish o‘rinlari yaratish imkonini bermadi. Shuning uchun biz mamlakatda keng o‘rta sinfni ko‘rmaymiz. Negaki, keng o‘rta sinf har doim ham tadbirkorlikdan yuzaga chiqmasa-da, u tadbirkorlik mahsulidir.

Soliq islohotlari to‘g‘risida
Biz o‘tgan yil 29 iyunda o‘zgartirilgan va qabul qilingan birinchi konsepsiya uchun kurashdik. Yagona soliq to‘lovi bekor qilinishi uchun kurashdik, u mamlakatda murakkab mahsulotlar yaratilayotgan, o‘zaro bog‘langan ishlab chiqarishlar zanjiri bo‘lgan bir paytda yaxshi tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirish uchun katta yuk edi.

Yagona soliq to‘lovi har safar aylanmadan olinar va uzun ishlab chiqarish zanjirlari yaratilishiga yo‘l qo‘ymas edi, shu tufayli mamlakat asosan xom ashyo, yarim xom ashyo yoki juda oddiy mahsulotlar ishlab chiqarar, ishlab chiqarishni markazlashtirish imkoniyati yo‘q edi va davlat soliq boshqaruvini himoya qilish, qo‘llab-quvvatlash va imtiyozlar yaratishga majbur bo‘lardi, soliq boshqaruvining tabiiy usuli esa hozirga qadar kuchda bo‘lgan o‘sha soliq tizimi tomonidan toptab, buzib kelingan edi.

Biz QQSga o‘tgan dunyodagi 168 mamlakatmiz. Soliq hech kimga yoqmaydi, ko‘pchilik uchun har qanday soliq yomon. Bu borada bizda hech qachon xom xayol bo‘lmagan. Yana juda ko‘p odamlar qanday ishlagan bo‘lsalar shu xilda ishlashni davom ettirishga o‘rganganlar: «Iltimos, menga tegmang va xohlagan ishingizni qiling». Biroq qachon kimdir «Menga tegmang» desa, keyin barcha jo‘rovoz bo‘lib «nega bizda shunchalik yomon?» deydi, savol tug‘iladi.

Va hozirgacha qisman va mohiyatan bizda mavjud bo‘lgan iqtisodiy ahvol uchun mas’ul bo‘lgan soliq tizimi.

QQS va narxlarning o‘sishi to‘g‘risida
Biz QQSni 12% darajasida belgilashni taklif qilgandik, 20% darajasida qabul qilindi. Men buni mag‘lubiyat deb qabul qilamanmi — yo‘q, dastlabki variantdagi barcha buzilishlar bilan qabul qilingan soliq islohoti bunga qadar bo‘lganlaridan yaxshi, deb hisoblayman.

Soliq islohotidan keyin hamma narxlar oshganini gapiryapti, biroq narxlar doim o‘sganini ham hisobga olish lozim. Biz doimiy ravishda narxlarni monitoring qilib boramiz va qiyosiy jadval tuzganmiz. Biz 2018 yilning yanvar oyida narxlar qanchalik oshganini hisoblaganimizda, bu 18%ni tashkil qilgan, bu yilgi yanvarda esa narxlar oshdi, biroq o‘sish yillik hisobda 13%dan iborat bo‘ldi.

Bizga ayrim mahsulot yetkazib beruvchilar ko‘r-ko‘rona narxlarni ko‘tarib yuborishdi va biz ular bilan ishladik. Eslaysizmi, yanvar oyining o‘rtalarida peshtaxtalar bo‘sh qolgandi? 725 ta mahsulot yetkazib beruvchidan 644 tasi narxlarni avvalgidek qoldirishdi, narxlarni oshirganlar esa o‘z savdolarini yo‘qota boshlagandan keyin, tushirishga kirishishdi. «Birini ol, ikkinchisi bepul» aksiyasidagi hozirgi mo‘l-ko‘llik ular tovarlarini sota olmay qolganlari va endi majburan chegirmalar bilan berayotganlari sababi ana shundan.
Soliq islohoti — bu olmazor tashkil qilishdek gap. Biz bor-yo‘g‘i bu voqelikning uchinchi oyida yashayapmiz va hamma narxlar oshganini gapiradi. Yana bir karra istak maylida: agar soliq islohotini amalga oshirmasak, nima narxlar barqaror qolarmidi? Unda nega 27 yil davomida narxlar oshib bordi?

Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sish me’yori avvalgidek yoki o‘tgan yillarga nisbatan pastroq bo‘ldi, narhlar soliq islohotlari tufayli tezroq o‘sgani yo‘q. Dastlabki vahima, ya’ni odamlar narhlarni oshira boshlaganlari — bu yana bir karra tushunmaslik oqibati bo‘ldi.

Aytaylik, sizda kuni kecha 100 so‘mdan sotgan A mahsulotingiz bor: nima uchun siz soliq islohoti bo‘lmaganda uni 120 dan sotmagansiz? Negaki, bozor uni sizdan 120 so‘mga sotib olmagan bo‘lardi. Narxni siz emas, balki bozor belgilaydi.

Men uni sizdan 120 dan sotib olishga tayyor emasman, uni sizning raqibingizdan 100 so‘mga olaman, shuning uchun siz ham uni 100 so‘mga sotasiz. Mahsulot bizga qanchaga tushgani esa hech qachon biz uni qanchaga sotishimizga asos bo‘la olmaydi, aks holda zararga ishlaydigan korxona bo‘lmasdi.

Shuning uchun bozor o‘z aytganini qildiradi. Qachon, aytaylik, ichimliklarning bir turi narxi oshadigan bo‘lsa, bozor kuzatadi: ularning boshqa turi almashmadimi va boshqasi bilan aralashmayaptimi? Bilasizmi, bizda soliq islohotidan keyin gazlangan ichimliklar savdosi qanchalik o‘sdi va nima uchun? Negaki, Coca-Cola va Pepsi har doim QQS to‘lashgan, ular narxlarni oshirishmadi, boshqa ichimliklar narxi oshdi, bozordagi ulushini yo‘qotdi, endi esa ularning narxi ham pasaydi.

Haqiqiy afzallikni tushunish uchun biz hech bo‘lmasa bir yil yashashimiz lozim. Hozir, aksincha, ishlash kerak va yangi tizimda mavjud bo‘lgan barcha xato va yanglishlarni tezroq tuzatish va iyulda soliq kodeksi tomon borishimiz lozim. Bu ish hali davom etmoqda va biz yangi soliq kodeksini olgandan keyin yakunda nima g‘alaba qilganini muhokama qilishimiz mumkin bo‘ladi.

Siz nega yuzlab boshqa tadbirkorlar emas, balki bu bilimlar va buning uchun kurashish kerakligi haqida gapirdingiz? Buyuk va dahshatli Zafar Hoshimov qayerdadir, nimagadir bosim o‘tkazishi mumkin, deb gapirishgandi.

Agar dahshatli Zafar Hoshimov bosim o‘tkaza olganida edi, u umuman buni bu yerda tushuntirib o‘tirmagan bo‘lardi, shuning uchun bu bo‘lmag‘ur gap. Men buni istisno ravishda o‘zimning muallimlik kasbimdan kelib chiqib, odamlarda noto‘g‘ri tasavvur hosil bo‘lmasligi uchun hikoya qildim.

Har bir islohot, har bir cheyndjmenedjmentda odamlar mamlakatda nimalar yuz berayotganini tushunishlari juda muhim. Siz tushunib yetmagan, biroq o‘zingizga aloqador bo‘lgan masalalarda nimadir yaxshi narsalarni anglab yeta boshlaysiz, soliqlar esa barchaga aloqador. Xalq soliq to‘laydi va agar u nimanidir bilmaydigan bo‘lsa, ma’lumot qidirish, har qanday manbadan uni topish va bu haqda o‘z shaxsiy tasavvurini yaratish huquqiga ega, Yaxshi, men sizdan tushuntirishsiz pul olaman, bu sizni qanoatlantiradimi?

O‘zbekistonning o‘tmishi, buguni va kelajagi haqida
O‘tmish haqida gapirganda: yirik biznes yagona, har doim ham g‘amxo‘r bo‘lmagan qanot ostiga o‘tganda, siz qanday qilib biznesingizni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldingiz? Qandaydir da’volar bo‘lmadimi?

Biz o‘z nonimizni topayotgan mehnat juda-juda mayda va sinchkovlikni talab etadi. Buning evaziga olinadigan daromad neft quvuri ustida o‘tirish emas. Bu yerda ish juda ko‘p. Men aftidan ishning ayni shunday holatini hisobga olaman. Biz bu qadar katta emas edik, endi esa juda kuch bilan o‘syapmiz. Bu nisbatan kichik, shu bilan birga juda mehnattalab biznes edi. Agar hozir jamoa almashtiradigan bo‘linsa, bu ham shunday ishlaydi degani emas. Shunchaki, bu yerda ishlagan odamlar o‘z ishini yaxshi biladi va bu ishlar oson emasligini, pul sidirib olinmasligini tushunadi va bu ish beradi.

Biroq, urinishlar bo‘lgan?
Bu haqda hech narsa demayman. Faqat bir narsani aytishni istayman, siyosiy elitalar «qanoti ostida» yashab kelgan kompaniyalar hamisha bo‘lgan.

Men bunda xavfsizlikdan ko‘ra ko‘proq tahdid bo‘lgan, deb hisoblayman, negaki, qachonki, biron kompaniya qandaydir e’tiborli figuralar bilan kuchli siyosiy himoyalangan bo‘lsa, ularning maydondan ketishi bilan bu kompaniyaning o‘zi juda nochor bo‘lib qoladi. Shuning uchun bu borada biz doim qabul qiladigan strategiya — bir xil uzoqlikda masofa saqlash. Yaxshi biznes hokimiyatdan ikkinchi qatorda o‘tirishi lozim.

Besh yildan keyin O‘zbekistonga nima bo‘ladi?
Men besh yildan keyin shiddatli iqtisodiy rivojlanishning eng markazida bo‘lamiz, deb hisoblayman. Dunyo bo‘yicha O‘zbekiston kabi o‘sish nuqtalari juda oz qoldi — imkoniyatlar, bozor, odamlar, tabiat, ekologiya, bizning barcha smetadan tashqari yer osti boyliklarimiz. Agar sanab o‘tadigan bo‘lsak, dunyoda navbatdagi shiddatli o‘sish, ishonamanki, O‘zbekistonda bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Zafar Hoshimov monopoliya, QQS va narx-navolar, O‘zbekistonning istiqboli haqida