16:50 / 23.04.2019
6 279

Miss Union Fashion xalqaro go‘zallik tanlovida O‘zbekistondan Barno Mamasoliyeva qatnashadi (foto)

Miss Union Fashion xalqaro go‘zallik tanlovida O‘zbekistondan Barno Mamasoliyeva qatnashadi (foto)
Foto: Miss Union Fashion tashkilotchilari
25 aprel kuni Toshkent shahrida Osiyo, Afrika va Yevropa mamlakatlari vakillari o‘rtasida Miss Union Fashion xalqaro go‘zallik tanlovi o‘tkaziladi. Bu haqda «Daryo»ga tanlov tashkilotchilari ma’lum qildi.

Hakamlar hay’ati ishtirokchilarni tashqi ko‘rinish, intellektual salohiyat, shuningdek milliy madaniyatni namoyish etish yo‘nalishlari bo‘yicha baholaydi.
Tanlovda Rossiya, Belarus, Boshqirdiston, Isroil, Qozog‘iston, Tojikiston, Ukraina kabi mamlakatlardan 16 yoshda 29 yoshgacha bo‘lgan qizlar ishtirok etadi.

Tanlovning final bosqichi g‘oliblari o‘z mamlakatini milliy liboslarda namoyish etadi, o‘zbekistonlik tomoshabinlarni mamlakati urf-odatlari va an’analari bilan tanishtirish uchun turli ijodiy chiqishlarni ijro etadi.

Shuningdek, turli mamlakatlar nomidan ishtirok etayotgan qizlar O‘zbekistonning diqqatga sazovor maskanlari bilan ham tanishadi.
Go‘zallik tanlovida Italiya, Osiyo, Germaniya, Turkiya moda haftaliklari prezidentlari, estrada yulduzlari, fashion blogerlar ishtirok etadi.

Ushbu tanlovda O‘zbekiston nomidan 16 yoshli Barno Mamasoliyeva ishtirok etmoqda.

Foto: Miss Union Fashion tashkilotchilari

Foto: Miss Union Fashion tashkilotchilari

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Miss Union Fashion xalqaro go‘zallik tanlovida O‘zbekistondan Barno Mamasoliyeva qatnashadi (foto)