10:34 / 25.04.2019
3 247

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin bilan uchrashdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin bilan uchrashdi (foto)
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi 25 aprel kuni ertalab Pekin shahrida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan uchrashuvdan boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xitoy rahbari Shavkat Mirziyoyevning “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etish uchun XXRga tashrifi bilan qutladi. Xitoy O‘zbekiston bilan hamkorlikning bugungi holatini yuksak qadrlashi hamda mamlakatlar o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qat’iy intilishini ta’kidladi.

Davlat rahbari xalqaro forumda ishtirok etish taklifi uchun minnatdorlik bildirib, ushbu tadbir ham ikki tomonlama, ham mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev XXR Raisi va butun Xitoy xalqini yaqinlashib kelayotgan muhim sana – Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilganining 70 yilligi bilan muborakbod etdi.

- Hurmatli Prezident, Siz birinchi forumda ham ishtirok etganingizni mamnuniyat bilan eslayman. Shu ma’noda, Sizni “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumi asoschilaridan biri sifatida qabul qilamiz, - dedi Si Szinpin. - O‘zbekistonning forumga e’tibori va ishtiroki mamlakatlarimiz hamkorligi rivojidan dalolat beradi. Ikki tomonlama ko‘plab kelishuvlarga erishilgan va ular izchil amalga oshirilmoqda. Ishonchim komilki, O‘zbekiston - Xitoy munosabatlarining istiqboli porloq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin bilan uchrashdi (foto)