Pekin shahrida «Bir makon, bir yo‘l» ikkinchi xalqaro forumi rasman ochildi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Anjumanni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin ochib, unda ishtirok etayotgan barcha delegatsiyalar rahbarlari, ko‘p sonli ekspert va tahliliy doiralar vakillariga minnatdorlik bildirdi.
Xitoy raisi BMT, ShHT, Yevropa ittifoqi, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi kabi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar hamkorligida amalga oshirilayotgan «Bir makon, bir yo‘l» loyihasi turli mamlakatlarning milliy taraqqiyot strategiyasiga mos kelishini, shu jihatdan butun dunyoda iqtisodiy rivojlanishga keng yo‘l ochishini ta’kidladi.
Forumning ochilishida xalqaro savdo va investitsiya aloqalarini mustahkamlash, yangi transport va logistika yo‘laklari yaratilishini rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar xususida so‘z yuritildi. Ushbu loyihada ishtirok etayotgan mamlakatlar safi kengayib borayotgani, bu dunyoda barqaror rivojlanishga intilish kuchayayotganini ifoda etishi ta’kidlandi.
Ma’lumki, «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumi ilk bor 2017 yilda o‘tkazilgan. Xitoy ilgari surgan mazkur tashabbus ikki yo‘nalish - quruqlik va dengiz yo‘llarini rivojlantirish va o‘zaro bog‘lash orqali davlatlararo hamkorlik mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan. Hozirda u Osiyo, Yevropa va Afrikadagi 65 mamlakatni qamrab olgan. Kelgusida unga boshqa davlatlar ham qo‘shilishi natijasida global iqtisodiy makonga aylanadi.
Bu galgi forumda mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, uzoq muddatli taraqqiyotning yangi manbalarini izlab topish borasidagi sheriklikni faollashtirish, “yashil” iqtisodiyot va innovatsiyalarni ilgari surish, ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Forum ikki kun davom etadi. Unda O‘zbekiston prezidentining nutq so‘zlashi ham rejalashtirilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi