O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?

  • 26 aprel 2019, 14:04
  • 1 093
  • O‘zbekiston
  • O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?
    Respublika Gidrometeorologiya markazi 27 - 30 aprel kunlari bo‘yicha ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-28 aprelda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja, 29-30 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

    Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 aprelda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja, 28-30 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq bo‘ladi; kunduzi 20-25 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

    Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-28 aprelda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja, 29-30 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

    Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-28 aprelda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 17-22 daraja, 29-30 aprelda kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

    Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-28 aprelda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja, 29-30 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

    Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-28 aprelda kechasi 0-5 daraja, kunduzi 8-13 daraja, 29-30 aprelda kechasi 3-8 daraja, kunduzi 29 aprelda 10-15 daraja, 30 aprelda 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

    Фикрлар

    » » O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?