2 868
O‘n mingdan ortiq yuqori malakali vatandoshlar haqida ma’lumotlar bazasi yaratildi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan muhokamalarda 2019 yil birinchi choragida TIV tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida nutq so‘zladi. TIV uning matnini e’lon qildi.
Ne’matov bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan yilning oktyabr oyida vatandoshlar bilan ishlash Davlat konsepsiyasiga asosan elchixonalar tomonidan muayyan ishlar olib borilgan.
Vatandoshlar bilan yaqin aloqalar o‘rnatish va ularga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berish maqsadida elchixonalar tomonidan 100 dan ortiq tadbirlar, videokonferensiyalar, brifinglar, davra suhbatlari o‘tkazilgan.
Natijada 10 mingdan ortiq yuqori malakali vatandoshlar haqida ma’lumotlar bazasi yaratilgan.
Joriy yilning birinchi choragida TIV asosiy e’tiborni 2019 yilni «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish», deb e’lon qilinganidan kelib chiqib, iqtisodiy diplomatiyani, ya’ni mamlakatimiz iqtisodiga chet el sarmoyalarini jalb qilishga, eksportni o‘sishiga va turistlar oqimini ko‘paytirishga qaratgan.
Elchixonalar tomonidan umumiy qiymati 5,19 mlrd. doll. bo‘lgan 211 ta loyiha ishlab chiqilib viloyatlarga tashriflar chog‘ida taqdim etilgan. 2019 yil oxirigacha qiymati 516,8 mln. doll. bo‘lgan 103 ta loyiha va 2020 yilda qiymati 2,34 mlrd. doll. bo‘lgan 72 ta loyiha amalga oshirilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan