Xitoyda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 aprel kuni O‘zbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi yangi binosini ko‘zdan kechirdi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari barcha sohalar, jumladan, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, texnologiyalar, energetika, madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda faol rivojlanib bormoqda.
Diplomatik vakolatxonamizning uch qavatli yangi binosi farg‘onalik ustalar ishtirokida milliy bunyodkorlik an’analari va zamonaviy me’morchilik yutuqlari asosida bunyod etilgan. Imorat Pekin shahri markazidagi Chaoyang ishbilarmonlik mavzesida, AQSh, Yaponiya, Malayziya, Singapur kabi davlatlar elchixonalari bilan yonma-yon joylashgan.
Bu yerda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qabul qilish, sifatli konsullik xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek, ularning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish uchun barcha sharoit yaratilgan.
Birinchi qavatda muzokaralar, ishbilarmonlik va madaniyat tadbirlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan “Samarqand”, “Buxoro”, “Xiva”, “Qo‘qon” zallari joylashgan. Darvozadan kiraverishdagi ayvon xalqimiz an’analari va boy madaniyatini aks ettirgan.
Davlatimiz rahbari bu yerdagi sharoitlar bilan tanishar ekan, mazkur dargoh milliy uslubda bezatilganiga mamnuniyat bildirdi hamda u Xitoy tomonining mamlakatimiz bilan hamkorlikka yuksak e’tibori namunasi ekanini ta’kidladi.
Ushbu elchixona xalqlarimizni yanada yaqinlashtiradigan, turli sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytiradigan, madaniyatlar bir-birini o‘zaro boyitadigan markaz bo‘ladi. O‘zbekiston va Xitoy hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi g‘oya va tashabbuslarni ishlab chiqishga xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi