07:50 / 28.04.2019
3 605

O‘zbekiston va Xitoy ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

O‘zbekiston va Xitoy ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasini imzoladi
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Kecha, 27 aprel kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, mudofaa vaziri general-polkovnik Vey Fenxe boshchiligidagi XXR harbiy delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda o‘zbek-xitoy hamkorligining mudofaa va harbiy ta’lim sahosidagi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi, harbiy-texnik yo‘nalishda o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha fikr almashindi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston mudofaa vaziri mehmonlarni qizg‘in qutlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xitoy Xalq Respublikasiga 2017 yil may oyidagi davlat tashrifi ikki mamlakat munosabatlarida muhim o‘rin tutgani ta’kidlandi.

Joriy yilning sentyabr oyidan e’tiboran, xitoyliklar tashabbusi bilan ushbu oliy harbiy ta’lim muassasasida xitoy tilini intensiv tarzda o‘rganish kurslarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Kurslarga Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Konfutsiy nomli O‘zbek-xitoy instituti o‘qituvchilari jalb qilinadi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yakunda O‘zbekiston va Xitoy mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2019 yilga ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasi imzolandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Xitoy ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasini imzoladi