Amerika Qo‘shma Shtatlarida dunyodagi diniy erkinlik to‘g‘risida hisobot taqdim etildi.
Hisobotda qayd etilishicha, diniy erkinlik bo‘yicha xalqaro komissiya O‘zbekistonga diniy sabablarga ko‘ra ayblangan ko‘plab mahbuslar saqlanuvchi «Jasliq» qamoqxonasini yopishni tavsiya etadi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil dekabr oyida Xitoy, Eron, Saudiya Arabistoni, KXDR, Tojikiston, Turkmaniston va bir qator boshqa davlatlar AQSh Davlat departamenti tomonidan tuzilgan, diniy erkinliklarni buzayotganlar ro‘yxatiga kiritildi.
O‘shanda Pompeo Rossiya, Komor orollari va O‘zbekistonni maxsus «kuzatuv ro‘yxatiga» kiritdi, sababi ushbu mamlakatlar hukumatlari «diniy erkinlikning jiddiy buzilishlariga» yo‘l qo‘ymoqda deyilgan. Idora buzilishlar nimadan iborat ekanligiga aniqlik kiritmagan.
«Butun dunyo bo‘ylab ko‘plab joylarda odamlar shunchaki o‘z e’tiqodiga muvofiq yashayotgani tufayli ta’qib qilinmoqda, hibsga olinmoqda yoki halok bo‘lmoqda. Qo‘shma Shtatlar bunday zo‘ravonliklarni shunchaki kuzatib o‘tirmaydi», - deya ma’lum qildi Pompeo.
Davlat departamenti rahbarining ta’kidlashicha, diniy erkinlikni himoya qilish tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun muhimdir. Shunga qaramasdan, u Vashington ro‘yxatga tushgan mamlakatlar bilan nima qilishiga, ularga qarshi sanksiyalar joriy etilishi yoki etilmasligiga aniqlik kiritmadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi