11:50 / 01.05.2019
3 865

Sergey Lavrov O‘zbekistonga nima maqsadda kelmoqda?

Sergey Lavrov O‘zbekistonga nima maqsadda kelmoqda?
2019 yilning 2 may kuni Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi.

Qayd etilishicha, Rossiya TIV rahbari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi.

Tashrif dasturiga ko‘ra O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi va siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ilgari erishilgan O‘zbekiston-Rossiya kelishuvlarini amalga oshirish jarayoni muhokama qilinishi kutilmoqda.

Tomonlar xalqaro muammolar, mintaqada xavfsizlikni ta’minlash masalalari, jumladan Afg‘onistonda tinchlik jarayonlarini boshlashga ko‘maklashish yuzasidan fikr almashadilar.

3 may kuni Sergey Lavrov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasida mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumi ishtirokchi davlatlarining 11-uchrashuvida qatnashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sergey Lavrov O‘zbekistonga nima maqsadda kelmoqda?