20:03 / 02.05.2019
2 956

Abdulaziz Komilov Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
2019-yilning 2-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. S.Lavrov ikki tomonlama muzokaralar olib borish va Giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasida mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumi ishtirokchi davlatlarining 11-uchrashuvida qatnashish uchun Toshkent shahriga kelgan.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar muhokama qilindi, shuningdek, dolzarb xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Vazirlar Prezident Vladimir Putinning 2018-yil oktabr oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini ko‘rib chiqdilar. Tashrif davomida imzolangan yirik hajmdagi savdo-iqtisodiy kelishuvlar va investitsiya shartnomalari tomonlar nazoratida ekanligi ta’kidlandi. Siyosiy-diplomatik, parlamentlararo, madaniy-gumanitar sohalaridagi hamkorlik izchil amalga oshirilmoqda.

Hozirgi vaqtda savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rib chiqishi kutilayotgan hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning birinchi majlisini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

TIVdagi uchrashuvda Rossiyaning to‘rtta yetakchi oliy o‘quv yurtlari – MIFI, VGIK, Moskva energetika instituti va Rossiya kimyo texnologiyalari universiteti filiallarini O‘zbekiston ochish masalalari muhokama qilindi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston va Rossiyaning Afg‘oniston bo‘yicha hamkorligi, jumladan, Afg‘onistonda tinchlik muzokaralarini boshlash, mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy tiklash bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlar doirasidagi aloqalarga alohida e’tibor qaratdilar.

Shuningdek, vazirlar mintaqada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuvda Rossiya Elchisi Vladimir Tyurdenev ishtirok etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Abdulaziz Komilov Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi