19:47 / 03.05.2019
16 097

O‘zbekiston oltin zahiralari ko‘lami bo‘yicha dunyoda nechanchi o‘rinni egalladi?

O‘zbekiston oltin zahiralari ko‘lami bo‘yicha dunyoda nechanchi o‘rinni egalladi?
Dunyodagi markaziy banklar 2019 yilning birinchi choragida oxirgi olti yil ichidagi rekord miqdorda oltin sotib oldi - 145,5 tonna. Bu o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 68 foizga ko‘p, deyiladi World Gold Council hisobotida.

Asosiy xaridor Rossiya Markaziy banki bo‘lib, u 55,3 tonna oltin sotib oldi hamda zaxiralarni 2168,3 tonnaga yetkazdi.

Mamlakatlar darajasida sotuv hajmi 11,3 tonnani tashkil etdi. Hisobotda qayd etilishicha, bu so‘nggi vaqtda sotuvlarning eng yuqori darajasidir. Sotuvchiga, asosan, uchta markaziy bank aylandi - O‘zbekiston, Mo‘g‘uliston va Tojikiston.

World Gold Council’ga o‘z zaxiralari haqida ma’lumot berishni mart oyida boshlangan O‘zbekiston 6,2 tonna sotdi. Mo‘g‘ulistonning zaxiralari 3,4 tonna oltinga, Tojikistonda 1 tonnaga kamaydi.

2019 yil 1 may holatiga ko‘ra, O‘zbekiston zaxiralardagi oltin ko‘lami bo‘yicha dunyoda 16-o‘rinni egallab turibdi - 348,4 tonna. Bu mamlakat oltin-valyuta zaxiralari tuzilmasida 53%ni tashkil etadi. Mamlakatga yaqin o‘rinlardan Qozog‘iston (15-o‘rin, 361,7 tonna, 56%) va Saudiya Arabistoni (17-o‘rin, 323,1 tonna, 3%) joy oldi.

Zaxiralar bo‘yicha birinchi o‘rinda AQSh - 8 133,5 tonna, ikkinchi o‘rin Germaniyada (3 369,7 tonna), uchinchi - Xalqaro valyuta jamg‘armasi (2 814 tonna).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston oltin zahiralari ko‘lami bo‘yicha dunyoda nechanchi o‘rinni egalladi?