08:54 / 07.05.2019
3 935

Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika ta’limiga oid yangi qaror imzoladi

Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika ta’limiga oid yangi qaror imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e’lon qilingan.

Hujjat bilan quyidagilar tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fanini yanada rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari deb hisoblanadi:

- birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalari uchun umumiy amaliyot vrachlari ichidan ehtiyoj yuqori bo‘lgan tor mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlarni tayyorlashni tashkil etish;

- tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash va uzluksiz kasbiy ta’limi jarayonlariga o‘qitishning kredit-modul tizimini joriy etish;

- tibbiyot va farmatsevtika kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimining markazlashtirilishiga barham berish, ularning uzluksiz kasbiy ta’lim bilan to‘liq qamrab olinishini ta’minlash;

- tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qitish jarayonlarini monitoring qilish va shaxsiy hisobga olishni ta’minlash;

- tibbiyot va farmatsevtika ilm-fanini, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidagi innovatsiyalarni jahon darajasigacha rivojlantirish, ularni global ilmiy maydoniga integratsiya qilinishini ta’minlash;

- kadrlarni tayyorlash, ta’lim, ilm-fan va amaliyotni integratsiya qilishning uzluksizligini ta’minlash maqsadida tibbiyot va farmatsevtika muassasalarining klinikalari, o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish bazalarini rivojlantirish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika ta’limiga oid yangi qaror imzoladi