Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari bayonot bilan chiqdi

  • 15 may 2019, 10:08
  • 581
  • O‘zbekiston
  • Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari bayonot bilan chiqdi
    Barcha ommaviy axborot vositalariga!

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yurtimizda so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash borasidagi islohotlar davom etmoqda.

    O‘zbekiston — haqqoniy, xolis, xalqaro jurnalistik etika asosida ish olib boradigan har qanday xorijiy ommaviy axborot vositalariga ishlash uchun zarur sharoit yaratib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.

    Ishlash prinsipidan, ular ilgari surayotgan masalalar bizning qarashlarimizni aks ettirishi yoki zid ekanidan qat’i nazar, betaraf va adolatli jurnalistika uchun erkin maydon yaratishga tayyormiz.

    Komil Allamjonov

    Фикрлар

    » » Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari bayonot bilan chiqdi