15:30 / 15.05.2019
4 368

Toshkent shahar IIBB «Tramadol» bo‘yicha eslatma bilan chiqdi

Toshkent shahar IIBB «Tramadol» bo‘yicha eslatma bilan chiqdi
11 may kuni soat 11:00da Chilonzor tumanida “Toshkent” savdo markazida ishlovchi samarqandlik 31 yoshli F.G. taqiqlangan dori vositalarni saqlashda gumonlandi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.

Xolislar ishtirokidagi tekshiruvda undan 1 konvalyuta (10 tabletka) “Tramadol” topildi. Shundan so‘ng u ishlaydigan do‘kon tekshirilganda, uning ustki kiyimining cho‘ntagidan yana 217 ta “Tramadol” tabletkalari topildi.

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

“Hurmatli fuqarolar! Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 22 oktyabridan boshlab giyohvandlik vositalarining analoglarini noqonuniy tayyorlash, xarid qilish, saqlash, sotish va boshqa harakatlar uchun jinoiy javobgarlikka jalb qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 oktyabrdagi Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida savdosi taqiqlangan narkotik vositalari ro‘yxatiga Tramadol kiritildi.

Tramadol inson psixikasiga boshqa narkotik kabi kuchli ta’sir o‘tkazib, unga o‘rganib qolish mumkin. Uni ta’sir kuchi bo‘yicha morfin bilan solishtirish mumkin. Bir marta iste’mol qilinganda eyforiya uyg‘otishi mumkin, muntazam ravishda iste’mol qilinganda o‘rganib qolish mumkin.

Hurmatli hamshaharlar va poytaxt mehmonlari! Qonun bilan kelishmovchilik kelib chiqmasligi uchun dori vositalarini dorixonalardan boshqa joylarda xarid qilmang. Yodingizda bo‘lsin: vrach ko‘rsatmasisiz erkin savdoda cheklangan dori vositalari ro‘yxatiga kiruvchi dori vositalarini xarid qilish, qonunga xilof ish qilish demakdir”, - deyiladi IIBB xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent shahar IIBB «Tramadol» bo‘yicha eslatma bilan chiqdi