Parlament quyi palatasida Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan «Qonunchilikka sog‘liqni saqlash tizimiga innovatsion texnologiyalar joriy qilinishini rag‘batlantirishga qaratilgan qoidalarni kiritish» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad – tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish sohasida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish jarayonlarini rag‘batlantirish va faollashtirish maqsadida milliy qonunchilik tizimini yanada takomillashtirishga doir masalalarni muhokama qilish hamda tegishli takliflar ishlab chiqishdir.
Davra suhbatida sog‘liqni saqlash sohasida sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda samarali axborot kommunikatsiya texnologiyalari va zamonaviy innovatsion mexanizmlar lozim darajada qo‘llanilmasdan kelinayotganligi ta’kidlab o‘tildi.
Tibbiyot sohasida o‘z yechimini kutayotgan dolzarb masalalardan biri — rivojlangan mamlakatlarda keng tarzda qo‘llanilayotgan telemeditsina institutini joriy etish, bunda uning huquqiy asosi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasining “Telemeditsina to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish, shuningdek, aholiga, ayniqsa chekka qishloqlardagi fuqarolarga qulay sharoitlarni ta’minlashda “elektron poliklinika” tizimini keng joriy etish hisoblanadi.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari to‘g‘risida haqqoniy ma’lumotlar, ishonchli tibbiyot statistikasining yagona bazasi to‘liq shakllantirilmaganligi sog‘liqni saqlash tizimi ahvolini munosib baholash va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bermayapti.
Tadbirda ishtirokchilar tomonidan amaldagi qonunchilikda sog‘liqni saqlash tizimiga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilinishini rag‘batlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan normativ huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar bildirildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi