Poytaxtimizda yirik xalqaro forum boshlandi (foto)

  • 19 may 2019, 11:56
  • 747
  • O‘zbekiston
  • Poytaxtimizda yirik xalqaro forum boshlandi (foto)
    Poytaxtimizdagi Simpoziumlar saroyida Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bitiruvchilarining V xalqaro forumi boshlandi. "Xalq so‘zi" nashrining yozishicha, anjumanda mazkur oliy o‘quv yurtini tamomlagan va ayni paytda turli yuqori lavozimlarda faoliyat yuritayotgan davlat arboblari, siyosatchilar, yirik tadbirkorlar ishtirok etmoqda.

    Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»
    Forumda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning forum ishtirokchilariga yo‘llagan bayram tabrigini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov o‘qib eshittirdi.

    Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»
    Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ham Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti tashkil etilganining 75 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Uni MDXM rektori A.Torkunov o‘qib eshittirdi.

    Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»
    Tadbirda Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti madhiyasi yangradi. Uning muallifi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov sanaladi.

    Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»
    Forum davom etmoqda.

    Фикрлар

    » » Poytaxtimizda yirik xalqaro forum boshlandi (foto)