06:00 / 21.05.2019
3 285

«Islomiylik indeksi»da Yangi Zelandiya birinchi o‘rinda, O‘zbekiston esa 100 talikka ham kirmadi

«Islomiylik indeksi»da Yangi Zelandiya birinchi o‘rinda, O‘zbekiston esa 100 talikka ham kirmadi
Mamlakatlarning Islomiy mezonlarga qanchalik mosligini ko‘rsatuvchi “Islomiylik indeksi” deb nomlangan reytingda Yangi Zelandiya uchinchi bor birinchi o‘rinni egalladi.

Mazkur reyting asli eronlik olim Husayn Askariy AQShda asos solgan “Islomiylik jamg‘armasi” tomonidan tuzilgan. Navbatdagi reytingning ilk 44 o‘rnida birorta ham musulmon mamlakat yo‘q, 45-pog‘onani BAA egallagan. O‘zbekistonga 119-o‘rin ravo ko‘rildi. Oxirgi, 153-o‘rin esa Yamanga berildi.

“Islomiylik indeksi” davlat boshqaruvidagi tatbiqotlarning Islomiy mezonlarga qanchalik mosligiga asoslangan holda tuzilgan. Bunda to‘rtta asosiy mezonga e’tibor qaratilgan: iqtisodiyot, adolat va boshqaruv, inson huquqlari va siyosiy huquqlar, xalqaro munosabatlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «Islomiylik indeksi»da Yangi Zelandiya birinchi o‘rinda, O‘zbekiston esa 100 talikka ham kirmadi