14:30 / 21.05.2019
4 004

Shavkat Mirziyoyev yangi qonunni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev yangi qonunni imzoladi
Yaylovlar to‘g‘risidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Qonunga muvofiq, yaylovlar chorva mollari uchun ozuqa bo‘lgan o‘simliklarning tabiiy qoplamiga ega yerlardir.

Tog‘dagi yaylovlar mavsumiy bo‘lib, ulardan yilning faqat muayyan vaqtida foydalaniladi.

Yaylovlardan foydalanuvchilar yaylovlardan birgalikda foydalanish hamda ularni muhofaza qilish uchun yaylovlardan foydalanuvchilar birlashmalarini tashkil etishga haqli.

Yaylovlar doimiy egalik qilishga, ijaraga va vaqtincha foydalanishga hokimlarning qaroriga ko‘ra berilishi mumkin.
O‘rmon fondi yerlarida yaylovlardan davlat o‘rmon xo‘jaligi organlarining ruxsatnomasi bo‘yicha foydalaniladi.

Yaylovlardan foydalanganlik uchun haq yer solig‘i yoki ijara haqi tarzida undiriladi.
Yaylovlardan foydalanish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi:

- yuridik shaxs tugatilganda;
- jismoniy shaxs vafot etganda;
- yaylovlar berilgan muddat tugaganda;
- boshqa maqsadda foydalanilganda;
- oqilona foydalanilmaganda;
- yaylov yerlari davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda;
- yaylovlardan foydalanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev yangi qonunni imzoladi