O‘zbekistonning eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari reytingi e’lon qilindi, deb xabar berdi UniRank. Repost’ning yozishicha, reytingda kuchli uchtalikni Toshkentdagi OTMlar: Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Toshkentdagi Inha universiteti egallagan.
Ushbu reyting quyidagi mezonlarga asoslanib tuzilgan:
- O‘zbekistondagi OTMlarning davlat organlari tomonidan litsenziyalash va / yoki akkreditatsiyalash;
- kamida to‘rt yillik bakalavr va / yoki boshqa ta’lim darajalarini (magistratura va doktorantura) ta’minlash vakolati;
- ta’limni asosan an’anaviy shaklda o‘qish joyida o‘tkazilishini ta’minlash.
Qayd etilishicha, UniRank Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha yetakchi xalqaro axborot va qidiruv tizimi hisoblanadi. Unda dunyoning 200 ta mamlakatlari bo‘yicha 13 600 dan ortiq rasman tan olingan universitetlar haqidagi ma’lumotlar va reytinglar taqdim etilgan.
Reytingdan o‘rin olgan universitetlarning to‘liq ro‘yxatini UniRank rasmiy saytidan ko‘rish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi