00:32 / 22.05.2019
5 440

5 sinf o‘quvchisi Rustam Muxamedjanov Xalqaro olimpiadada 1- o‘rinni egalladi (foto, video)

5 sinf o‘quvchisi Rustam Muxamedjanov Xalqaro olimpiadada 1- o‘rinni egalladi (foto, video)
Butun Yevropa, Osiyo, O‘rta sharq hamda boshqa bir nechta davlatlarga juda keng mashhur bo‘lgan “HIPPO" Xalqaro ingliz tili olimpiadasida bir qancha O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari ham ishtirok etishdi. Olimpiada 3 bosqichdan iborat bo‘lib, saralash va yarim final bosqichlari ketma-ket ravishda har bir davlatning o‘zida bo‘lib o‘tadi.

Yarim final bosqichidan saralangan kuchli ishtirokchilar final bosqichida ishtirok etish uchun Italiya davlatining Venetsiya hamda Lido De Jesolo shahriga borishadi.


Shu jarayonda O‘zbekistonimizdan ham 2 nafar o‘quvchi HIPPO 1-darajasida Nodavlat ta’lim muassasasi “Wunderkind Study” maktabining 5 sinf o‘quvchisi Rustam Muxamedjanov hamda HIPPO 2-darajasida Nodavlat ta’lim muassasasi “Lider Ta’lim” maktabining 6 sinf o‘quvchisi Ramiz Zoxrabovlar final bosqichida ishtirok etishdi.

Jami 40 ta davlatdan 36 mingta ishtirokchi ishtirok etgan bo‘lib, ushbu olimpiadada 32 ta davlat final bosqichi ishtirokchilari sifatida Italiya davlatiga ingliz tili fanidan bellashish uchun borishdi. Olimpiadaning final bosqichi joriy yilning 11-12 may kunlari Italiya davlatining Venetsiya, Lido De Jesolo shahrida bo‘lib o‘tdi.



Ushbu 32 davlat o‘rtasida Nodavlat ta’lim muassasasi “Wunderkind Study” maktabi 5 sinf o‘quvchisi “Rustam Muxamedjanov” eng yuqori 101 ball ko‘rsatgich bilan 32 ta davlat o‘rtasida 1-o‘rinni egalladi va Amerika Mizzou Academy maktabida 2 haftalik bepul ta’lim olishni va dunyoga mashhur bo‘lgan Xalqaro ingliz tili nashriyotlari Pearson, IESOL tomonidan bir qancha kuchli certifikatlarni qo‘lga kiritdi.



Ramiz Zoxrabov garchi sovrinli o‘rin egallay olmagan bo‘lsada, lekin yuqori 85 ball ko‘rsatgich bilan, tengdoshlari orasida Vatanimiz sharafini ko‘tarilishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, O‘zbekistonimiz yoshlari nafaqat sport musobaqalari, balki fan olimpiadalari bilan ham vatanimizni dunyoga tanitishga qodirdir. Biz bu bilan albatta faxrlanamiz.

Yana bir bor g‘olibimiz Rustam Muxamedjanovni butun O‘zbekiston nomidan tabriklaymiz.

Biz sen bilan faxrlanamiz Rustam. Kelgusi o‘qish va ishlaringda rivoj tilaymiz. Doim mana shunday vatanimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarib yurgin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 5 sinf o‘quvchisi Rustam Muxamedjanov Xalqaro olimpiadada 1- o‘rinni egalladi (foto, video)