20:03 / 22.05.2019
3 213

AQShning yangi elchisi videomurojaati: «Assalomu alaykum, mening ismim Daniyel Rozenblum»

AQShning yangi elchisi videomurojaati: «Assalomu alaykum, mening ismim Daniyel Rozenblum»
AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlar bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, ayni paytda Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi navbatdagi elchisi etib tayinlangan Daniyel Rozenblum o‘zbek xalqiga videomurojaat yo‘lladi.

O‘zbek tilida gapirgan yangi elchining videomurojaati AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan e’lon qilingan.

«Assalomu alaykum, mening ismim Daniyel Rozenblum. Amerika prezidenti tomonidan O‘zbekistonga navbatdagi AQSh elchisi etib tayinlanganim men uchun katta sharafdir.

O‘tgan 30 yil davomida menga Sharqiy Yevropa, Yevrosiyo va Markaziy Osiyoda o‘qish va ishlash baxti nasib etdi. O‘zbekiston tarixining eng muhim va qizg‘in davrida men Amerika vakili etib tayinlandim.

Biz prezident Mirziyoyevning keng ko‘lamli islohotlarini olqishlaymiz. Ayniqsa, meni ta’lim sohasidagi islohotlar qiziqtiradi. Xalq kelajagi uchun yoshlar ta’lim-tarbiyasidan muhimroq narsa yo‘q. Men o‘zbek xalqining dunyoga mashhur mehmondo‘stligi, nihoyatda boy tarixi va madaniy merosi haqida ko‘proq bilimga ega bo‘lishni hamda go‘zal yurtingizga rafiqam Sheron, o‘g‘lim Jon va qizim Liana bilan borishni intizorlik bilan kutyapman. Tez orada sizlar bilan uchrashishga umid qilaman, omon bo‘linglar», — deydi Rozenblum.

AQShning O‘zbekiston Respublikasidagi keyingi favqulodda va muxtor elchisi sifatida ishlagan Pamela Spartlen o‘z vakolatlarini tugatgach, 2018 yilning avgustida AQSh senati Daniel Rozenblyumni yangi elchi etib tasdiqlagan edi.

AQSh Senatining 2019 yil 11 apreldagi tasdig‘i bilan Daniel Rozenblyum O‘zbekistondagi elchi etib tayinlangan.
The U.S. Ambassador to Uzbekistan Daniel Rosenblum

Introducing the new U.S. Ambassador to Uzbekistan, Daniel Rosenblum!

Опубликовано U.S. Embassy Tashkent Среда, 22 мая 2019 г.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » AQShning yangi elchisi videomurojaati: «Assalomu alaykum, mening ismim Daniyel Rozenblum»