10:08 / 23.05.2019
2 923

O‘zbekiston Markaziy banki Qozog‘iston bankiga litsenziya berdi

O‘zbekiston Markaziy banki Qozog‘iston bankiga litsenziya berdi
Qozog‘istonning «Tenge Bank»i O‘zbekistonda ish boshlaydi. Bu haqda Markaziy bank kanalida rasmiy xabar berib o‘tildi.

«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi «Tenge bank» aksiyadorlik tijorat bankiga bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qildi», – deyiladi litsenziya berilganligi to‘g‘risida Markaziy bank xabarnomasida.

Eslatib o‘tamiz, «Tenge Bank» Qozog‘istonning «Halyk Bank»iga qarashli bo‘lib, O‘zbekistonda ish boshlash uchun maxsus tashkil etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Markaziy banki Qozog‘iston bankiga litsenziya berdi